Bugun O'zDJTUda rektor raisligida universitet kengashi tashkil etildi. Unda universitet rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari va boshqalar ishtirok etdi. 


Kengash avvalida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov barchani Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati samimiy tabrikladi. 

Yigʻilishda universitet jamoasi saʼy-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlari, oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti talablari darajasida mukammal bilim berish, malaka, koʻnikmalarga ega boʻlgan professional mutaxassislar tayyorlash, talabalar uchun qoʻshimcha yengilliklar va imkoniyatlar yaratib berish masallari muhokama qilindi.


Kengashda ilmiy daraja olgan xodimlar tabriklandi va odatga koʻra noutbook bilan taqdirlandi.  Xalqaro tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori” nominatsiyasiga loyiq topilgan xodimlar va Yoshlar oʻrtasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli koʻrik-tanlovi gʻolibi boʻlgan talaba taqdirlandi.

2023-12-07 09-41

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi