30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Uchinchi renesans poydevorini qo’yishda filologik tadqiqotlarning mazariy va amaliy ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Mazkur 1-Xalqaro konferensiyada O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ilmiy-amaliy anjumanda hozirgi o‘zbek adabiy tilining dolrazb masalalari va uni o‘qitishning yangi metodlari, o’zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari, XX asr o‘zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayonlar, tarjima va adabiy aloqa masalalari, til va adabiyot fanini o‘qitishni yo‘lga qo‘yishda muammo va yechimlar, til va adabiyot fanlarini o‘qitish jarayonini informatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, xorijiy til va adabiyot fanlarini tadqiq qilishda mavzu va muammolar kabi yo’nalishlardagi ma’ruzalar taqdim etildi.

2024-04-02 09-38

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi