Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi. Madaniy tadbirda universitet rektori I.Tuxtasinov va bir qator oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda 20 ga yaqin professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi. Konsertda milliy musiqa asboblari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqs va teatrlashtirilgan ko'rinishlar namoyish etildi. Shuningdek, yosh ijrochilar tomonidan kuylangan qo'shiqlar ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida iste’dodli yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

2024-03-20 02-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi