17-aprel kuni Koreya Respublikasining Keymyung universiteti vakillari O’zDJTU ga tashrif buyurdi.

Keymyung universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha vitse-prezidenti Son Jung Kim, Xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi Pyojong Kim hamda Park Sunjin janoblaridan iborat mehmonlar Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev tomonidan kutib olindi.

Tashrif ikki tomonlama uchrashuv bilan boshlandi. Unda universitet tomonidan OʻzDJTU rektori I.M. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev Koreys tili kafedrasi mudiri Ji Mun Gun va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayevlar ishtirok etdi. 

Uchrashuv avvalida rektor I. Toʻxtasinovning OʻzDJTU faoliyati, xalqaro hamkorligi va koreys tilining oʻqitilishi haqidagi maʼlumoti, shuningdek, Son Jung Kimning Keymyun universiteti haqidagi maʼlumoti, taqdimoti va takliflari tinglandi.

Shundan soʻng, Oʻzaro fikr almashilib, Keymyung universitetida oʻqituvchilar malakasini oshirish va stajirovka oʻtashlarini tashkillashtirish, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar ajratish, Koreys tili markazi ishini takomillashtirish, jumladan texnik vositalar (sinxron tarjima uchun jihozlar va dasturlar), oʻquv-uslubiy adabiyotlar, milliy libos va cholgʻu asboblari, Koreya madaniyatiga oid atributlar bilan taʼminlash, Keymyung universitetidan malakali professor-oʻqituvchilarni OʻzDJTUga jalb qilish, OʻzDJTUda Koreys tili boʻyicha TOPIC test markazini ochish kabi masalalar muhokama qilindi.

2024-04-19 04-32

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi