Bugun OʻzDJTU talabalariga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida universitetning Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi hududida yangi Madaniyat markazi faoliyat boshladi.

Mazkur markazning ochilishi munosabati bilan OʻzDJTUda tadbir tashkil etildi.Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari, talabalar ishtirok etdi.

Ochilish marosimida universitet rektori soʻzga chiqib barchani yangi Madaniyat markazi bilan tabrikladi. Shundan soʻng talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish qilindi. 

Shuningdek, universitetning Zakovat koʻchasi 4-uy manzilida qurib bitkazilgan zamonaviy sport zalining ham ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va sport zali talabalar ixtiyoriga topshirildi.

2024-02-16 08-02

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi