Yoshlar oʻrtasida start-up gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tadbirkorlar bilan motivatsion trening va mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbirda “Nurafshon nur OOO nur tex” kompaniyasi asoschisi – Muhabbat Toshmuhammedova, “MFaktor” loyihasi spikeri, “Energy experts Academy” asoschisi – Sherzod Beknazarov, “JAFA energy QK” taʼsischisi va rahbari – Farruh Asrolxoʻjayev, “Yaskanamu” tekstil fabrikasi asoschisi – Iroda Suyunovalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar oʻzlarining biznesdagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Hayotdagi muvaffaqiyat sirlari, pulni toʻgʻri sarflash, moliyaviy savodxonlik, marketing va menejment haqida talabalar uchun maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi. Oʻz bizneslarini boshlamoqchi, hamda start-up gʻoyalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

2023-10-10 08-53

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi