Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Shu jumladan OʻzDJTUda ham talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, salomatliklarini mustahkamlash maqsadida ular uchun turli musobaqalar, koʻrgazmalar va masʼul tizim va idoralar vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtirilib kelinmoqda.

4- mart kuni universitet rahbariyati vakillari va talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida boʻldi. U yerda  harbiy xizmatchilarining faoliyati, ularga yaratilgan imkoniyatlar va shart — sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tajriba va amaliyotlariga guvoh boʻlishdi.

2024-03-06 05-07

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi