Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining pedagogika masalalari bo'yicha maslahatchisi Shuhrat Ataxanov hamda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov  boshchiligidagi mas’ullar Talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurdi.   

Tashrif davomida yotoqxona ma’muriyati, profilaktika inspektorlari va tyutorlariga TTJ binosida yaratilgan sharoit, talabalar bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganligi, ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya etish kerakligi bo‘yicha tafsiyalar berildi. 

Talabalarga esa yotoqxonalarda yashash va o'qishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, o'qituvchi va ishchi xodimlarning xizmatini hurmat  qilishlari, tozalikka alohida e’tibor qaratib, mavjud shart-sharoitdan oqilona foydalanishlari  lozimligi ta’kidlab oʻtildi.

Talabalar ham o'z navbatida  fikr-mulohazalarini bildirishdi.

2023-09-15 08-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi