Hurmatli talabalar, professor-oʻqituvchilar, keng jamoatchilik vakillari, ijodkor yoshlar!

Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftalikning ochilish marosimiga tayyorgarlik avjida.

OʻzDJTU tomonidan Qashqadaryo viloyatining milliy an’analar va urf-odatlar koʻrgazmasi namoyish etiladi. 

Tadbirda talabalar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar,  adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etiladi, gʻazal va sheʼrlar aytiladi, kuy-qoʻshiqlar jaranglaydi, kitoblar koʻrgazmasi oʻtkaziladi, Shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etiladi. 

Milliy qadriyatlar saylida birga boʻlaylik!

2024-04-24 05-28

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi