Umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda tahsil olayotgan oʻquvchilarning ilm-fan kasb-hunarga va oliy taʼlim dargohlarida bilim olishiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va umumtaʼlim maktablari oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 

Shu bois bugun OʻzDJTU da Uchtepa tumanidagi 238- sonli va 194-soni maktablarining bitiruvchi sinflari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi marketologi Eʼzoza Bahodirova talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishish va universitet haqida toʻliq maʼlumot olish uchun kelgan bitiruvchilarni universitetning Ingliz tili – 1,2,3 fakultetlari va Tarjimonlik fakulteti hamda universitet kutubxonasi bilan tanishtirdi.

2023-11-06 01-22

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi