Taʼtil davrida bitiruvchi oʻquvchilarning kelajak kasbini tanlashga imkon berish va maroqli dam olishini taʼminlash maqsadida Uchtepa tuman maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi bilan Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bugun  Uchtepa tumanining 295-109-123-107-229- sonli maktablarning bitiruvchi oʻquvchilari OʻzDJTUda boʻlishdi.

Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi universitetga kelgan oʻquvchilarni talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar va oʻquv jarayonlari bilan tanishtirdi. Bitiruvchilar universitetning Ingliz tili – 1,2,3 fakultetlari va Tarjimonlik fakulteti, sport zali hamda kutubxonasida boʻlishdi.

2023-11-07 02-58

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi