Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari faoliyatini yanada takomillashtirish ularning psixologik bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish maqsadida 25-dekabrdan buyon oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda.

Bugun 5-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan “Destruktiv xulq-atvorli talabalar bilan ishlar mexanizimi” mavzusi yuzasidan navbatdagi oʻquv seminari tashkil qilindi.

Seminarda Psixologik trening mashgʻulotlari, Psixogimnastika mashgʻulotlari, “ART terapiya” va meditatsiya mashgʻulotlari, Mantiqiy fikrlash va tajriba-sinov mashgʻulotlari boʻyicha maʼruzalar va slayd taqdimotlar olib borildi. 

Eslatib oʻtmiz, mazkur seminarlar talabalarning taʼtil kuni yakunigacha tashkil etilish belgilangan.

2024-01-08 02-10

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi