O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor o'qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlarida.

AQSHda bo’lib turgan “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlari" amaliy loyihasi rahbari R.Madjidova, professor-o’qituvchilar: X.Muxitdinova, Z.Salisheva va P.Omanov Indiana universiteti CeLCAR markazi tomonidan o'tkazilgan seminarda o'z ma'ruzalari va taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Loyiha natijasida yaratilgan elektron darslik ular tomonidan yuqori baholanib, xorijliklarga o'zbek tilini o'qitish uchun qabul qilindi.

Shu bilan birga, O'zDJTU va Indiana universiteti O'rta Osiyoni o'rganish fakulteti o'rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

2024-02-06 04-52

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi