Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va Serji-pontuaz universiteti huzuridagi Pedagoglar tayyorlash milliy instituti professorlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 Uchrashuvda mehmon institut vakillari: 

- Florans Brey (Serji-pontuaz universiteti huzuridagi Pedagoglar tayyorlash milliy instituti aloqalar boʻlimi boshligʻi);

- Fransin Voltz (Serji-pontuaz universiteti huzuridagi Pedagoglar tayyorlash milliy instituti oʻqituvchisi);

- Elza Karon (Serji-pontuaz universiteti Til markazi boshligʻi) ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida OʻzDJTU, Samarqand davlat chet tillar instituti va Serji-pontuaz universiteti huzuridagi Pedagoglar tayyorlash milliy instituti oʻrtasida "Erasmus+" loyihasining hisoboti va muassasalar oʻrtasida ilm-fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, institutlar oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

2023-06-15 09-54

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi