O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risidagi memrondum imzolandi.

Dasturdan ko’zlangan maqsad hamkorlikda xorijiy tillarni o’rgatish va huquqiy savodxonlikni oshirishga yo’naltirilgan o’quv kurslar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot sohasi bo’yicha o’zaro tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kadrlarning malakasini oshirishda hamkorlikni amalga oshirishdan iborat. 

Uchrashuv davomida tomonlar o’z vakillaridan iborat ishchi guruhlarini tuzish va hamkorlik yo’nalishlaridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga zid bo’lmagan hamkorlikning boshqa shakllaridan ham foydalanish kabi kelishuvlarga erishishdi.

2023-12-16 03-11

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi