O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida yana bir respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi bo’lib o’tdi.

“Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminar “Medialingvistika, lingvodidaktika va madaniyatlararo kommunikatsiya: nazariya va amaliyot” mavzusiga qaratildi.

27-noyabr kuni o’tkazilgan konfrensiya  fakultet dekani Amrullo Karimov tomonidan ochib berildi. 

Universitet ilmiy va innovatsion ishlar bo’yicha prorektor Otabek Yusupov Xalqaro jurnalistika fakultetida o’tkazilib kelinayotgan bir qator konfrensiyalarga to’xtalib o’tdi.

 

Konfrensiya davomida Qoraqalpog’iston davlat universiteti, O’zbekiston davlat jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda mezbon fakultet professor-o’qituvchilari va talabalar ma’ruza qildi. Tadbir davomida ingliz, ispan, rus va o’zbek tillarida mavzular yoritilib qoraqalpoq, turkman va ispan, ingliz tillaridagi jurnalistik va badiiy ijod namunalari tahlil qilindi.

Uchrashuv davomida, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov mavzularga o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tib, hamkor universitetlar professor-o’qituvchilarini fakultet talabalari uchun mahorat darslariga taklif etdi.


Konfrensiya yakunida, fikr-mulohazalar bildirilib, ma’ruzachilar hamda faol talaba-yoshlar diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

2023-11-24 04-43

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi