Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Kioto Tachibana universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda universitet rektori vazifasini bajaruvchi Bahrom Kulmatov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani Poʻlat Omanov, “Yapon tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti Ibragimova Malika, Kioto Tachibana universiteti tomonidan talabalar boʻlimi boshligʻi Kavahara Noriko, rejalashtirish boʻlimi boshligʻi Tanigawa Satoshi, rejalashtirish boʻlimi xodimi Suzuki Shingo hamda JDUning ikki nafar xodimi ishtirok etdi. 

Eslatib o`tamiz, Kioto Tachibana universiteti o’z faoliyatini 1902-yilda boshlagan. Hozirda u yerda filologiya, tarix, pedagogika, hamshiralik hamda IT kabi yo’nalishlari bo’yicha ta`lim berib kelinmoqda. Mazkur universitetda hozirgi kunda 6405 nafar talaba tahsil oladi. 

Ushbu universitet JDUning yangi hamkori bo’lib, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan ham o’z hamkorligini davom ettirmoqda.

2023-07-14 04-54

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi