O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining kechki ta’lim shaklida tahsil olgan ilk talabalari ishtirokida bitiruv marosimi tashkil etildi.

Tashkil etilgan ushbu tadbirda professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi talabalar hamda ularning yaqinlari qatnashishdi.

Ustozlar tomonidan bitiruvchilarga yaxshi tilaklar bildirildi, o‘z o‘rnida bitiruvchilar ham rahbariyat va ustozlarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bayon etishdi.

Tadbir so‘ngida xulqi namunali, ilmga chanqoq, jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turgan talabalarga tashakkurnoma va har bir bitiruvchiga diplom va ilovalari tantanali ravishda topshirildi.

2023-02-23 12-18

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi