Erkayev Akrom 1974-yilda tugʻilgan. Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Reja-moliya bo'limi boshlig'i etib Erkayev Akrom Normuxammadovich tayinlandi.

U 2002-yilda Toshkent moliya institutining bakalavr yo‘nalishini, 2006-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining  magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

Erkayev Akrom:

➖1995-1996-yillarda Toshkent farmatsevtika instituti hisobchisi;

➖1996-2010-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining xisobxonasi xisobchisi;

➖2010–2011-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bosh hisobchi muovini;

➖2011–2016- yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;

➖2016–2017-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ijtimoiy fanlar

                        kafedrasi  katta o‘qituvchisi;

➖2017–2020-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german

                        filologiyasi fakulteti dekan muovini;

➖2020–2022-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ijtimoiy fanlar                      

                        kafedrasi  katta o‘qituvchisi;

➖2022–2023-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Fundamental   iqtisodiyot kafedrasi dotsenti;

➖2023-yildan  Angren universitetida fakultet dekani lavozimlarida ishlagan.

2023-09-22 04-31

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi