Yoshlar oʻrtasida shukronalik, vatanparvarlik hislarini yanada oshirish, milliy anʼana va qadriyatlarni eʼzozlash, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlikni kuchaytirish va barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida 31-yanvar kuni OʻzDJTUda Uchtepa tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy tadbiri tashkil etildi.

Koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, professor Rahimbek Jumaniyozov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, Oʻzbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, Bohodir Mirmahsudov hamda yosh sanʼatkorlar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Shundan soʻng, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari va madaniyat xodimlari oʻzlarining chiqishlarini namoyish etishdi.

2024-02-01 02-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi