Yoshlar oʻrtasida start-up gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun motivatsion trening va mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbirda tadbirkor, “MFaktor” spikeri, “Energy experts Academy” asoschisi – Sherzod Beknazarov, “MFaktor” loyihasi spikeri “JAFA energy QK” hamda “Solar nature” MChJ taʼsischisi va rahbari – Farruh Asrolxoʻjayev, Tadbirkorlar Xayrulla Shokirov, Axrolxoʻja Rahmatxoʻjayevlar ishtirok etib, tadbirkorlikka kirib kelishi, bu borada orttirgan tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. 

Hayotdagi muvaffaqiyat sirlari, pulni toʻgʻri sarflash, moliyaviy savodxonlik, marketing va menejment haqida talabalar uchun maʼlumotlar bilan boʻlishdi. Oʻz bizneslarini boshlamoqchi, hamda start-up gʻoyalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

2024-01-09 04-23

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi