O’zDJTU delegatsiyasi AQSh dagi Indiana universitetida bo’lib turgani haqida xabar bergan edik. 

Indiana universitetiga tashrifning ikkinchi kunida O‘zDJTU professori X.Muxitdinova va dotsenti Z.Salisheva “Xorijliklarga o‘zbek tili” elektron darsligi asosida universitet talabalariga o‘zbek tilidan mahorat darslarini o‘tib berdi. 

Indiana universitetida ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan o‘zbek tili o‘qituvchisi Malik Xodjayev hamda talabalar master-klassni yuqori baholashdi. Ayniqsa, elektron darslikdagi autentik audio va videomateriallar ularda juda katta taassurot qoldirdi. 

Shuningdek, Indiana universitetining o‘zbek tilidan magistr va doktorant talabalari bilan davra suhbati ham o‘tkazildi. Ular o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha olib borayotgan ilmiy loyihalari haqida ma’lumot berdi.

2024-02-08 01-48

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi