O'zDJTU O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n. Yashnarbek Avlakulov Amerika Qo’shma Shtatlarining Indiana univetsitetida amaliyot o’tamoqda.

 

 

Quyida Yashnarbek Avlakulovning universitet va amaliyot jarayonidagi taassurotlari:

"AQSHning Indiana universiteti Markaziy Yevroosiyo fakulteti Milliy bosh kiyimlar ko’rgazmasi men sovg’a qilgan o’zbek yigitlar do’ppisi bilan boyidi. Bundan qalbimda iftixor hissini tuydim. AQSHning Indiana universiteti Markaziy Yevroosiyo fakulteti dekani, professor O’ner O’zcheklikka O’zbekistondan olib borgan sovg’am: zardo’z chopon, do’ppi, qiyiqcha  juda manzur bo’ldi. Fakulteti dekaning samimiyligi, kamtarinligi, xonasining oddiyligi unga bo’lgan hurmatimni oshirdi. 

 

 

Universitet kutubxonasini ko’rib, to’g’risi, hayratdan yoqa ushladim. U yerda sevimli shoirlarimiz Abdulla Oripov va Halima Xudoyberdiyevalarning she’riy to’plamlarini ko’rib, ko’zlarimga ishonmadim. Tibet kitoblarining shakli hayratimga sababchi bo’ldi. Kutubxonadagi shart- sharoitlarga gap yo’q. Zahiriddin Muhammad Bobur suratini ko’rib, to’g’risi, faxrlandim. Indiana universiteti degan o’zbekcha yozuvni ko’rib, o’tib ketmasdan tezda suratga tushib oldim. Yelkasiga yurt bayrog’ini tashlab olgan sportchilarga havas bilan qarardim, menga ham nasib qildi. Bolaligimda sevib kiygan Shahrisabzning iroqi do’ppisini sovg’aga olib borgandim. Uni kiyib, umuman yechgim kelmadi. Shirin xotiralar og’ushida xayolan bolaligimga qaytdim. Yo’laklardagi ko’rgazmalar e’tiborimni o’ziga tortdi. Istovchilar ularni qo’llariga olib tanishayotganlarining guvohi bo’ldim. Har safar milliy bosh kiyimlar ko'rgazmasi oldidan o’tar ekanman, do’ppimizga suqlanib qarab qo’ydim. 

 

 

Shuningdek, Malik Xodjayev darslarini kuzatdim 22 yildan buyon mazkur oliy o’quv yurtida amerikalik talabalarga o’zbek tilidan dars berib kelayotgan Malik Xodjayev ustoz uyg’ur tamaddixonasiga bir piyola choyga taklif etdilar. Hurmatdan boshim ko’kka yetdi. Kutubxonaga borib, Malik Xodjayevning navbatdagi darslariga biroz kechikdim. Xalaqit berishni xohlamay deraza oynasidan boqib kuzatdim. Ular tomonidan nashr etilgan “O’zbek tili” darsligi bilan tanishib chiqdim.

 

 

Markaziy Osiyo tillari markazi direktori Gulnisa Nazarova ertaga Amerika vaqti bilan 13:00 da bir piyola choy ustida meni markaz ilmiy xodimlari bilan tanishtirish tabdirini tashkil qilmoqchi. Umuman, univetsitet menga juda yoqdi."

 

 

2024-02-29 05-48

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi