O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi. 

Dasturda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektori A.Nasirov, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i X.Yo’ldashev taqdimot namoyish etdi. Shuningdek, mas’ullar X.Alimova, A.Jo’rayev moderator sifatida ishtirok etib kerakli tushunchalar berildi.

Seminar-treningda O’zDJTUda xalqaro aloqalarning ta’lim sifatiga ta’siri, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalar, ulardan ko’zlangan maqsad va  vazifalar, xorijiy o’qituvchi va talabalar bilan ishlash tartibi, universitetning xalqaro reytinglarda munosib o’rnini topish tamoyillari haqida ma’lumot berildi.

2024-01-05 05-03

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi