O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida “Zakovat: Rektor kubogi” intellektual o’yinining fakultet bosqichi bo’lib o’tdi

O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda fakultet dekani tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur o’yinda jami hisobda 20 ta jamoa ishtirok etdi.

O’yin shiddatli bahs-munozaraga boy bo’ldi. 

Yakuniy natijalarga ko’ra, “Rawenclaw” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritib, o’yinning 11-oktabrda bo’lib o’tadigan universitet bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. 

 

Shuningdek, “Zakovat: Rektor kubogi” intellektual o’yinida faol qatnashib, 2-o’rinni qo’lga kiritgan “New way” jamoasi hamda 3-o’ringa loyiq topilgan “Modern girls” va “Prodigies” jamoalari fakultet Yoshlar ittifoqi tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlandi. 

G’olib jamoaga kelasi bosqichlarda ham zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!

2023-10-10 10-36

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi