O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va  pedagogik mahoratini, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga qiziqishini oshirish maqsadida bir nechta maktablar bilan hamkorlik qilib keladi. 

O’zDJTU ispan tili o’qituvchilari va ispan tili yo’nalishi talabalari “Zamonaviy maktab” xususiy maktabiga tashrif buyurdi. 

Tashrif doirasida universitet vakillari tomonidan maktab o’quvchilariga ispan tili bo’yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mashg’ulot davomida o’quvchilarga zarur bilim va ko’nikmalar berildi. Dars qiziqarli hamda bola ongini rivojlantiruvchi turli metodik va interaktiv o’yinlarga boy o’tdi. 

Dastur orqali o’quvchilar nafaqat ilm o’rganishdi, balki ispan tilida so’zlashuvchi davlatlar atmosferasi va madaniyati bilan tanishdi. 

Ma’lumot uchun, bu kabi master-klasslar O’zDJTU va maktab hamkorligida yil davomida har oy tashkil etilishi rejalashtirilgan.

2023-12-22 12-44

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi