O’zDJTU o’qituvchilari Xitoyning Sinzyan pedagogika universitetiga malaka oshirish uchun jo’nab ketmoqda. 

29-dekabr kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Xitoyning Sinzyan pedagogika universitetiga malaka oshirish uchun taklif etilgan Sharq filologiyasi fakultetining Xitoy filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Gulbahor Ro'zumova bilan uchrashib, kerakli tavsiyalar berdi va jo'nab ketayotgan vakillarimizga oq yo'l tiladi. 

O’zDJTU dan mazkur loyihasi doirasida 3 nafar o’qituvchi XXRga jo’nab ketmoqda. Vakillar 2024-yilning 3-yanvaridan 16-yanvarigacha Xitoyda bo’ladi. Shuningdek, sarflanadigan barcha xarajatlar Xitoy tomonidan to’liq qoplanadi. 

Ma'lumot uchun: Sinzyan pedagogika universitetiga Markaziy Osiyo mamlakatlari Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmanistondan bir qator mahalliy mutaxassislar jalb qilingan.

2023-12-29 05-28

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi