OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov Fargʻona Davlat Universiteti yangi oʻquv binosi ochilishida ishtirok etdi. Marosim doirasida Pedagogika va psixologiya fakulteti binosining tantanali ochilishi boʻlib o'tdi.Unda Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar vaziri,va bir qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.So'ngra,"Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash- bosh maqsadimiz”mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Rektor taʼlim muassasasining zamonaviy axborot-resurs markazlari, texnik jihozlarini koʻzdan kechirib,taʼlim muassasaning zamonaviy talabalarga javob berishini ta'kidladi. Ochilish davomida Ilmiy-innovatsion koʻrgazma mehmonlarni oʻziga jalb etdi.

2024-03-16 08-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi