O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov  talabalarning xonadonlariga tashrif buyurdi.

Rektor I.Tuxtasinov universitetning Ingliz filologiyasi, Tarjimonlik hamda 1-2-3 Ingliz fakultetlarida tahsil olayotgan talabalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ta'lim olish sharoitlari,kelajakdagi rejalari hamda duch kelayotgan muammolari haqida so'rab,ularni hal etishda yordam berishga tayyor ekanligini ta'kidladi.

Xususan, bunday tashriflar nafaqat talabalar va ularning oilalari bilan yaqinroq aloqa o'rnatish,ta'lim sifatini yaxshilash uchun ham muhim hisoblanadi.

Shuningdek, rektor talabalarga o'qish va shaxsiy rivojlanishda muvaffaqiyatlar tilab, ularni ilmiy faoliyatda faol ishtirok etishga va kasbiy mahoratlarini oshirishga chaqirdi.

2024-02-09 02-48

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi