14-noyabr kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetda ingliz tilidan dars berib kelayotgan Hindistonlik oʻqituvchi, falsafa fanlari doktori (PhD) Suppala Srinavasni qabul qildi.

Muloqot chogʻida mahalliy ingliz tili oʻqituvchilari uchun master klasslar va seminarlar tashkil qilish, Hindistonning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, elchixona moliyaviy koʻmagida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Dr. Srinavas bu borada ish olib borayotgani maʼlum qilib, aloqalarni rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

2023-11-14 08-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi