Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor, filologiya fanlari doktori Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna va kafedra dotsenti, filologiya fanlari doktori Toʻrayeva Bahor Bahriddinovna,  Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha Komparativistika ilmiy markazlarida malaka oshirish uchun Turkiya davlatiga joʻnab ketmoqda. Ushbu pedagogik xodimlarni kuzatish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Tuxtasinov Ilxom Madaminovich safarga otlangan oʻqituvchilar bilan uchrashdi. Ularga oʻz tavsiyalarini berib, ularga oq yoʻl tiladi.

2023-10-12 10-32

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi