Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti talabasi Muhayyo Odilxoʻjayeva Erasmus+ loyihasida ishtirok etib, gʻolib topilgan edi. Milanning IULM (University Institute of Modern Languages (Zamonaviy tillar va Kommunikatsiyalar universiteti)da oʻqishini davom ettirish uchun grant yutib olgan Muhayyo Odilxoʻjayeva bugun Milan shahriga uchib ketmoqda. 

Shu bois, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Muxayyo Odilxoʻjayeva bilan uchrashdi va unga oʻqishlarida omad tiladi. Kelajak egalari boʻlgan mana shunday iqtidorli talabalardan umidi katta ekanligini va har qanday qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. 

Shuningdek, uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Xusan Yoʻldoshev, Tarjimonlik fakulteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev, fakultetning Italyan tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri Bahora Ergasheva ham ishtirok etdi va Muxayyo Odilxoʻjayevaning oʻqishlarida omad tiladi.

2024-01-30 03-48

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi