O‘zDJTU Times Higher Education “Asia University Rankings — 2024” xalqaro reytingida e’tirof etildi.

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti — Times Higher Education “Asia University Rankings — 2024” (“Osiyo universitetlar reytingi — 2024”) natijalarini e’lon qildi.

Har yili Osiyo davlatlaridagi universitetlarni tadqiqot, ta’lim sifati, xalqaro xilma xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) bo‘yicha baholaydigan ushbu reytingda 1127 ta universitet qayd etilib, ular orasida 739 tasi o‘ringa va 300 dan ortiq universitet “reporter”, ya’ni “da’vogar” universitetlar maqomiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham mazkur ro‘yxatdan O‘zbekistondan birinchilardan bo‘lib “Reporter” sifatida e’tirof etildi.

Bu universitet jamoasining hamjihatlikdagi mehnati natijasidir!

2024-05-07 04-21

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi