2024-yil 16-17 yanvar kunlari OʻzDJTUda Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda inklyuziv taʼlim boʻyicha seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bugun seminarning birinchi kunida universitet rektori I.Tuxtasinov tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz nutqida Respublikamizda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish borasida olib borilayotgan samarali faoliyat, Britaniya Kengashi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masallariga toʻxtalib oʻtdi. 

Britaniya Kengashi direktor oʻrinbosari J.Gulyamova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, turli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, “Universitet boshqaruvi”, “Taʼlim sifatini oshirish”, “Inklyuziv taʼlim” kabi loyihalar doirasidagi ishlar haqida maʼlumot berdi. 

Buyuk britaniyalik ekspert Alex Hughs xonim “Inklyuziv taʼlim: xalqaro tajriba”, “Inklyuziv universitet”, “Gender masalalari” mavzularida seminar ishtirokchilari bilan fikr almashdi.

2024-01-17 03-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi