6-mart kuni OʻzDJTUda “Jadidlar — maʼrifatli millat orzusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir mehmoni Oʻzbekiston Milliy universiteti professori R.Tursunov talabalarga jadidlar harakati, milliy uygʻonish davrining yetuk namoyondalari, ularning faoliyati, zahmatli kechmishi haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda davlatimiz rahbarining “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi konferensiyada soʻzlagan nutqida keltirilgan “Mamlakat oʻz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi gʻarb ilm-fan yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur, jadidlar gʻoyalari Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasi bilan hamohang” ekani kabi millat tarbiyasi, uning rivoji uchun bugungi kunda dolzarb boʻlgan mavzulardagi qimmatli soʻzlari talaba-yoshlarga yetkazildi.

2024-03-07 02-07

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi