Bugun OʻzDJTUga Koreyaning Sun Moon universiteti vakillari tashrif buyurdi.

 Universitet prezidenti Dr. Janob Mun Song Ji, Xalqaro aloqalar fakulteti dekani Miss Dr. Son Jin-Xi, 
Kafedra professori Dr. Janob Kim Edvord, Kafedra dotsenti Miss Kim Song, Byudjet va rejalashtirish fakulteti dekan oʻrinbosari Janob Li Jongoan, Xorijiy talabalar qabuli boʻlimi direktori Janob Jung Sungmin, Bosh kotib Janob Kim Te Vu, Xalqaro aloqalar boʻlimi bosh menejeri Janob Cho Suyang, Toshkentdagi markaz vakili Janob Yun Jonsok, Tarjimon Madinabonu Isroiljonova va Shuxrat Yuldashevlardan iborat mehmonlarni universitet rektori I.Tuxtasinov va rahbariyat vakillari kutib oldi. 

 Tashrif avvalida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv I. Toʻxtasinovning OʻzDJTU faoliyati, xalqaro hamkorligi va koreys tili oʻqitilishi haqidagi maʼlumotlari bilan boshlandi. Shundan soʻng, Dr. Mun Song Jining universitet haqidagi maʼlumoti va hamkorlik boʻyicha takliflari tinglandi.

Muzokaralar davomida ikki tomon Oʻqituvchilar almashinuvi, talabalar almashinuvi, Ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishdi.

 Hamkorlik boʻyicha takliflar muhokamasidan soʻng Anglashuv memorandumini imzolandi. Ikki tomon oʻzining esdalik sovgʻalarini ulashdi.

2024-01-31 05-15

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi