Pedagogika fanlari doktori (DSc) Dotsent Raxmonov Azizxon Bositxonovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. 

Bugun Rus filologiyasi fakultetiga yangi dekan tayinlash va tanishtirish maqsadida OʻzDJTUda uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va Azizxon Raxmonovni yangi lavozimga tayinlanganligini maʼlum qildi. 

Eslatib oʻtamiz, Raxmonov Azizxon Bositxonovich tayinlovga qadar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi v.b. professori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

2023-12-05 12-27

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi