Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida universitetda separatizm, millatchilik va shovinistik harakatlar, din niqobidagi ekstremizm, buyuk davlatchilik, “Ommaviy madaniyat”, millatlararo totuvligini va dinlararo bagʻrikenglikka qarshi qaratilgan adovatning avj oldirishga sabab boʻladigan huquqbuzarlik kabi qator ichki ishlar va tashqi tahdidlarni oldini olish maqsadida Tarjimonlik fakultetining xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi A.Maʼdiyeva va tyutorlar G.Gayirova, B.Jalilova va M.Hamidova boshchiligida profilaktik tadbir tashkillashtirildi.

 

Unda hudud profilaktika inspektori, podpolkovnik D.Abduraxmanov, Uchtepa tuman IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar mayor SH.Abdukarimova va R.Mursalimova ishtirok etdilar.

Tadbir jonli muloqot tarzida boʻlib oʻtdi. Unda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

2023-10-20 07-29

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi