Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faollar zalida Adigey davlat universiteti (ADU) va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida amalga oshirilayotgan qoʻshma ta'lim dasturining birinchi bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.  

Unda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar hamda bitiruvchilarning ota-onalari qatnashdi. 

Tadbirni Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Alisher Abidjanov ochib berdi. 

 Tadbirda soʻzga chiqqan ustozlar va ota-onalar bitiruvchilarga dil soʻzlarini bildirib, kelajakdagi faoliyatlariga muvafaqqiyatlar tiladi.

Shundan soʻng tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

2023-07-21 11-14

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi