Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti miqyosida oʼtkazilgan bugungi QVZ musobaqasida Rektor kubogini Kechki taʼlim bo’limi talabalaridan tarkib topgan "Vecherniki" jamoasi qoʼlga kiritdi.

Musobaqada Ingliz tili 3-fakultetining "Piramida" jamoasi 2-oʻrinni, Sharq filologiyasi fakultetining "Kosmonavtlar"i 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Media va kommunikatsiya fakultetining "Fayz", Ingliz tili 1-fakultetining "Brothers" hamda Ingliz filologiyasi fakultetining “Milliard” jamoalari ham oʻz chiqishlari bilan tomoshabinlar koʻnglidan joy oldi.

Ma'lumot uchun, gʻolib jamoalarga mos ravishda, 5 million, 3 million, 2 million so'm miqdordagi pul mukofotlari taqdim etildi.

Dastur adrenalinga boy boʼlib, yuqori kayfiyatda oʼtdi. Qisqasi, kelganlar darmonda, kelmaganlar armonda qoldi. 

Gʼolib jamoaga kelasi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

2023-11-04 08-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi