14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ingliz tili 3-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi X.Nishonova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini N.Kadirova va tyutorlar tomonidan rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi:
1-o’rin — Aliyeva Diyora (2325 guruh);
2-o’rin — Mamashakirova Nigina (2310-guruh);
3-o’rin — Axmadjonova Farzona (2312-guruh)

Universitetda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va rassomchilik qobiliyatiga ega iqtidorli talabalarni qo’llab- quvvatlash maqsadida muntazam tarzda tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

2024-01-15 03-13

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi