Rebrending: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti logosi yangilandi.

Rebrending: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti logosi yangilandi.

Endilikda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yangi logotipda namoyon bo‘ladi. Bugun yangi logoning taqdimot marosimi o‘tkazildi. Universitet rektori Ilhomjon To‘xtasinov tashabbusi bilan boshlangan rebrending, talaba-yoshlar tomonidan iliq kutib olindi va qo‘llab-quvvatlandi. Yangi logotip va bayroq dizayni taqdim etildi. Yangi logotip combination va wordmark logo turiga mansub bo‘lib, universitet qadriyatlariga sodiq qolgan holda yashil rangdan foydalanildi. Yangi logotip avvalgisidan oson esda qolishi, o‘ziga xos dizayn, zamonaviy va kreativ yondashilganligi bilan ajralib turadi. Aytishlaricha, bu hali hammasi emas. Asosiy yangiliklar yangi logotipda keng ommaga taqdim etiladi.

2023-10-03 10-01

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi