Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov  mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan 13-fevral kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani Tepaqoʻrgʻon mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet bilan mahalla hamkorligini yanada kuchaytirish, jumladan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun bepul oʻquv kurslarini tashkil etish, mahallada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlarni tashkil etish hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirishga kelishib olindi.

Shuningdek, mahallada joylashgan “Education center” oʻquv markazida taʼlim olayotgan yosh avlod vakillari bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuv davomida ushbu markazga kerakli boʻlgan adabiyotlarni taqdim etish, universitetda tahsil olayotgan talabalarni amaliyot jarayonlarini ushbu oʻquv markazda tashkil etish hamda taʼlim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.

2024-02-16 02-17

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi