"REKTOR STIPENDIYASI" tanlovida ishtirok eting! 

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
-fakultet bosqichi;
-universitet bosqichi.

 "Rektor stipendiyasi" bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari miqdorida bo'lib, 2023/2024 o'quv yilida yanvar-iyun oylari uchun beriladi. 

 Hujjatlar 2023-yil 15-dekabrga qadar fakultet ilmiy ishlar bo'yicha dekan muovinlariga topshiriladi. 

Fakultet bosqichi uchun nomzodlar:
-  Akademik transkriptidan ko'chirma;
- Fakultet/kafedra tavsiyanomasi;
- Ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;
- Ilmiy ishlar ro'yxati va ularning bosma nusxasi;
- Chet tilini bilish sertifikati (C1), nomutaxassislik yo'nalishlari uchun kamida B2 sertifikati.

Nomzodlardan kamida 2 ta maqola, 3 ta tezis bo'lishi talab qilinadi. 

2023-12-14 10-53

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi