Bugun OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyot kafedrasida faoliyat olib borayotgan xorijlik professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati va Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyot kafedrasida mudiri B.Ergasheva va xorijlik mutaxassis Paoli Legler Marco ishtirok etdi. 

Unda italyan tilini oʻqitishni takomillashtirish, mahalliy oʻqituvchilar uchun master klasslar tashkil qilish, talabalar bilan turli madaniy, sport va tilga oid tadbirlar tashkil qilish, shuningdek, Italiya oliygohlari bilan almashinuv dasturlari va loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish borasida suhbat qilindi.

Mutaxassislar yaratib berilgan sharoitlardan minnatdor ekanligini aytib, shu bilan birga universitetdagi xorijiy til oʻqituvchilarining xorijda amaliyot oʻtkazib kelish tajribasini takomillashtirish haqida takliflarini berib oʻtdi.

2023-11-14 05-39

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi