Joriy yilning 13-dekabr kuni O’zDJTU psixologi Z.Xayrullayeva, Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari va 1-bosqich talabalari ishtirokida “Меning temperamentim” nomli psixologik davra suhbati tashkil etildi. 

Dastur davomida  talabaning qaysi temperament tip egasi ekanligini aniqlash maqsadida maxsus metodik tajribalar o'tkazilib, javoblari tahlil qilindi, psixodiagnostika amalga oshirildi, shuningdek, psixologik temperament tiplari haqida batafsil ma'lumot berildi. 

Suhbat davomida ekspert talaba yoshlarga o'z yutuq va kamchiliklarini bilish va ularni tan olish, kelajak sari odim qadamlar tashlash bo'yicha motivatsion dalda berib, kelajak faqat va faqat eng bilimli, eng shijoatli yoshlarniki ekanligini ta'kidladi va barchani o'z ustida ishlash, yuqori cho'qqilarni zabt etishga chorladi.

2023-12-15 11-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi