Bugun Rus filologiyasi fakulteti dekani Azizxon Raxmonov, Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Natalya Petruxina ishtirokida “Русский дом” jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbatda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, oʻqituvchilarning Rossiya Federatsiyasida amaliyot oʻtashlari, talabalarni Rossiya oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish, shuningdek, Rus filologiyasi fakulteti uchun barcha istiqbolli loyihalar kabi koʻplab muhim mavzular muhokama qilindi.

Ushbu ajoyib tadbir universitet uchun yangi ufqlarni ochib, o'qituvchilar va talabalar uchun bilim olish hamda kasbiy o'sish imkoniyatlarini kengaytiradi.

2023-12-07 03-29

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi