Uchtepa tumani Kichik halqa yoʻli G – 9a manzilida joylashgan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining bosh binosi hududiga talabalarning sport bilan shugʻullanishida qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida 10 turdagi “Sport anjomlari” olib kelindi.

OʻzDJTU rektori qurilish ishlari bilan tanishdi. Endilikda talabalar mazkur streetworkout maydonchalarda sport bilan shugʻullanish imkoniga ega boʻladilar.

Shuningdek, universitetning Uchtepa tumani Kichik halqa yoʻli 21 manzilida joylashgan 1 — TTJ va 2 -TTJ old qismidagi maydonga va Uchtepa tumani Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi oʻquv binosiga ham xuddi shunday maydonchalari qurib berilmoqda. 

2023-10-23 09-26

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi