Stol tennisi sport turi bo’yicha o’tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqasida O’zDJTU jamoasi yana bir g’alabani qo’lga kiritdi.

Kuni kecha bo’lib o’tgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining stol tennisi sport turi bo’yicha Toshkent shahar bosqichida universitetimiz talaba-qizlaridan tarkib topgan jamoa faxrli 1-o’ringa loyiq ko’rildi va liganing navbatdagi respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. 

Mazkur bellashuvda O’zDJTU yigitlar terma jamoasi ham faol ishtirok etib, 3-o’rinni egalladi. 

Talabalarimizga kelgusida ham muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz!

2024-03-05 02-50

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi