O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (16-q/q) hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining (01-32/01-15)-sonli 2023-yil 19-mayda hamkorlikda tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 15-fevral kunidan 29-mart kuniga qadar ushbu tanlovning 2-hududiy bosqichini o‘tkazish rejalashtirildi.

Shu munosabat bilan 2024-yilning 28-fevralida hududiy bosqichdan respublika bosqichiga o'tish uchun 4 ta universitet teatr studiyalari o'z spektakllari bilan qatnashdi.

Natijalarga ko'ra:
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti — "Otamdan qolgan dalalar"; badiiy rahbar Shahlo Xamdamova 
Alfraganus universiteti — "Turnalar raqsi";
Islom akademiyasi universiteti —  "Oqqushlar";
Perfect universiteti — "Qirmizi olma".

Teatr jamoamizga respublika bosqichida omad tilaymiz!

2024-03-01 05-01

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi